Toshkentda 24-avgustdan boshlab sovuq suv va oqova suv (kanalizatsiya) narxi oshiriladi. Bu haqda “Suvsoz” davlat unitar korxonasi xabar berdi.
Yangi narxga ko‘ra bir metr kub sovuq suv 310 so‘m + 100 so‘m maxsus ustamani tashkil qiladi. Hozirda ushbu qiymat 280 so‘m + 100 so‘mni tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, kanalizatsiya narxi bir metr kub uchun 250 so‘m + 100 so‘mni (hozir 235 so‘m + 100 so‘m) tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprelida Toshkentda sovuq suv narxining oshgani haqida xabar aholiga bir kun o‘tgach e’lon qilingan edi.
Izoh (0)