O‘zbekiston mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, vazirning o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligida mansabdor shaxslardan iborat guruh 13—15-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida sayyor qabullar o‘tkazadi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berishicha, sayyor qabullar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar quyida keltirilgan kunlarda o‘tkaziladi:
- 13-avgust kuni — Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazida (Nukus shahri);
- 14-avgust kuni — Ustyurt Gaz-kimyo majmuasi binosi va Taxiatosh tuman hokimligi binosi (Taxiatosh va Qo‘ng‘irot tumanlari);
- 15-avgust kuni — Xorazm tibbiyot instituti binosida.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar mudofaa vazirining o‘rinbosari boshchiligida Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro hamda Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida o‘tkazilgan sayyor qabullar vaqtida mingdan ziyod murojaat ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati ijobiy hal etilgan.
Izoh (0)