4-avgust kuni soat 18:30 larda Buxoro viloyati Jondor tumani hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” avtomobil yo‘lining 299-kilometrida ag‘darilib ketdi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qildi.
Qozog‘iston respublikasi fuqarosi, Turkiston viloyati Chimkent shahrida yashovchi 1978-yilda tug‘ilgan A.R Van Hool rusumli, KZ 545 APB 13 davlat raqami belgili avtobusini boshqarib borayotib, noma’lum sabablarga ko‘ra boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus yo‘l chetiga ag‘darilgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobusdagi yo‘lovchilardan biri voqea joyida halok bo‘lgan. 10 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Qozog‘iston respublikasi fuqarosi A.R boshqaruvidagi Van Hool rusumli, KZ 545 APB 13 davlat raqam belgili avtobus “Olmaota—Nukus” xalqaro yo‘nalishida yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirgan.
Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasining kelib chiqish sabablari o‘rganilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)