Joriy yilning 3-avgust kuni Amerikaning GMFR al-Bukhary kompaniyasi prezidenti Dilyaver Gulyam Imom Buxoriy majmua hududida 4 yulduzli mehmonxona qurilish marosimini ochish uchun Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.
Mehmonxona 3 qavatli, 100 o‘rinli xonadan iborat bo‘ladi. U xalqaro halol standarti asosida quriladi.
Bundan tashqari, mehmonxonada restoran, bar va konferensiya zali bo‘ladi.
Tamal toshini qo‘yish marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari B. Nurullayev va Payariq tumani hokimi D.Musinov ishtirok etdi.
Dilyaver Gulyam barchani qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib, uning ota-bobolari aynan shu zaminda yashaganligi sababli, u bu yerda mehmonxona qurishdan juda baxtiyorligini bildirdi.
Izoh (0)