“O‘zbekkino” buyurtmasiga binoan prodyuser Mahmud Erkaboyev va rejissor Dilmurod Masaidovning “Qo‘qon shamoli” nomli tarixiy filmining suratga olish ishlari yakunlandi.

Foto: “Daryo”

Bu haqda film prodyuseri Mahmud Erkaboyev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

‘Qo‘qon shamoli’ tarixiy-detektiv janrda suratga olingan filmning suratga olish ishlari 30-iyun kuni nihoyasiga yetgan edi. Ijodiy jamoamiz bilan montaj ishlarini ham 30-iyulda yakunlaganmiz. Ya’ni suratga olish jarayonida syomka bilan birgalikda montaj ishlarini ham qilgandik. Bir oydan buyon filmning murakkab montaj hamda grafika ishlari bilan bandmiz. Film premyerasi kuz oylariga mo‘ljallangan.

Mahmud Erkaboyev, “Qo‘qon shamoli” tarixiy filmining prodyuseri

Ma’lumot uchun, ushbu film Zebo Qobilovaning “Aybsiz aybdor” deb nomlangan ssenariysi asosida tasvirga olingan. Film Qo‘qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o‘sha davr chigalliklari haqida bo‘lib, asosan, Qo‘qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qiladi.