Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi 30 iyul—2 avgustga ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYaTI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 30-31 iyul va 1 avgustda 22-27, 2 avgustda 24-29, kunduzi 30-31 iyulda 35-40, 1 avgustda 37-42 daraja issiq bo‘ladi. 2 avgustda esa harorat tushishi kutilmoqda - kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 23-28, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX VA SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.
QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 23-28, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN VA FARG‘ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kuni ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Izoh (0)