Davlat Dumasi deputatlari Rossiyada o‘q-yoy bilan ovlashga ruxsat beruvchi qonun loyihasini uchinchi va oxirgi o‘qishda ko‘rib chiqqanidan so‘ng qabul qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Unda o‘q-yoy ov qurollariga tenglashtirilgan va uni ovchilik hujjati hamda ov qurolidan foydalanish huquqiga ega bo‘lganlar sotib olishiga ruxsat berilgan. Shuningdek, o‘q-yoy sotib olinganidan keyin uni 2 hafta ichida Rossiya Gvardiyasi hisobvarag‘iga kiritilishi talab etilgan.
Tushuntirish xatida ta’kidlanishicha, o‘q-yoydan ov quroli sifatida foydalanishni qonuniylashtirish Rossiyada ovchilikni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirda Rossiyada ov qurollari qatoriga uzun stvolli miltiq, pnevmatik va sovuq tig‘ qurollari kiritilgan.
Izoh (0)