Ispaniyaning taniqli nashri Marca “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni mukofotlaydi.
29-iyul, dushanba kuni portugaliyalik futbolchilik faoliyatida ko‘rsatgan natijalari uchun “Afsona” sovrini bilan mukofotlanadi.
Ushbu sovrin 1997-yildan buyon o‘z egalariga topshirib kelinadi. Avvalroq Lionel Messi, Diyego Maradona, Maykl Felps, Mixael Shumaxer hamda Maykl Jordan mazkur sovringa ega chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu A Seriyadagi debyut mavsumidayoq musobaqa chempioniga aylandi. U karyerasi davomida 29 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Shulardan 2 tasiga Portugaliya termasi safida erishdi.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli futbolchi “Sporting” tarkibida 1 ta, “Manchester Yunayted” bilan 9 ta, “Real” safida 15 ta hamda “Yuventus” tarkibida 2 ta sovringa ega chiqdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)