• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kasbi tuman IIB boshlig‘i dala seminarida 11 kishiga kishan taqdi, seminarda qatnashmagan fermerga xodim yuborib, tanobini tortmoqchi bo‘ldi

    Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari va fermer o‘rtasidagi tortishuv tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Unda fermer IIB xodimlarining “Seminarga nimaga bormadingiz”, deya bergan savoliga dalada biolaboratoriya ishlari bilan bandligini, o‘rniga vakili — fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi borganligini aytadi. Va IIB xodimlarining ko‘pchilik bo‘lib, bostirib kelishiga izoh so‘raydi. Bunga javoban esa xodim fermerga kunlik ishini bajarish uchun ham tuman IIB boshlig‘idan ruxsat olishi lozimligini uqtiradi.

    “Daryo” muxbiri voqea tafsilotlarini o‘rgandi. Aniqlanishicha, fermer va IIB boshlig‘i o‘rtasidagi kelishmovchilik bir yil ilgari boshlangan.

    Foto: “Daryo”

    — 2018-yil tuman hokimi va bir necha fuqaro kiyimidagi kishilar dala shiyponimga kelgandi, — deydi “Novot Niyoz” fermer xo‘jaligi rahbari Akrom Novotov. – O‘shanda hokim buva dala shiyponimning ahvolidan qoniqmay, meni koyigandi. “Xo‘p, tez orada kamchiliklarni to‘g‘rilab, dala shiypon tozaligini ta’minlaymiz”, deya javob berdim. Shunda fuqaro kiyimidagi bir shaxs, suhbatga aralashib “To‘g‘ri-to‘g‘ri gapir”, deya do‘q qildi. Shunda u kishiga qarab, qayerda xato qilganimni so‘radim. “To‘g‘rilaymiz emas, to‘g‘rilayman deb gapir”, deya haqorat qilib ketdi. Yonimizda tuman hokimi turgan bo‘lishiga qaramasdan, “O‘g‘ri, muttaham, seni qamatib yo‘q qilaman” deya so‘kindi. Keyinchalik bilsam, u kishi tuman IIB boshlig‘i Chori Ko‘charov ekan. Men ham bu holatdan ta’sirlanib, IIB boshlig‘ining xatti-harakati yuzasidan Prezident portaliga shikoyat qildim. Murojatim bo‘yicha, xizmat tekshiruvi tayinlanib, holat o‘rganildi. Ammo tayinli chora ko‘rilgani yo‘q. Shu-shu IIB boshlig‘i menga nisbatan adovat saqlaydi.

    Akrom Novotov.

    Akrom Novotov.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Akrom Novotov rahbarligidagi fermer xo‘jaligi 2003-yil tashkil etilgan bo‘lib, 2016-yil chorvachilik yo‘nalishi ham qo‘shilib, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga aylantirilgan. Fermer davlatdan 117 ming AQSh dollari miqdorida kredit olib, Ukraina davlatidan 69 bosh qora mol keltirib, ko‘paytirgan. Ayni kunda fermerning qora mollari soni 150 boshdan oshgan.

    Akrom Novotovning aytishicha, IIB boshlig‘ining unga nisbatan adovati sabab, 7-iyunda o‘rib olingan 9 tonna arpa ham tortib olingan.

    — O‘tgan yili chorva mollarim uchun yil og‘ir keldi, yem-xashakdan qiynaldi, — deydi Akrom Novotov. – Shu boisdan ham chorva mollarim uchun arpa ham ekkandim. Ammo arpa topshirish bo‘yicha shartnoma qilinmagan. Arpa faqatgina qora mollarimga oziqa sifatida ekilgandi. 7-iyun kuni MMTP raisidan kombayn so‘rab olib, 9 tonna arpamni o‘rib oldim. O‘sha yerda turgan IIB xodimlari arpani olib borib topshirishimni aytdi, men esa arpa bo‘yicha shartnomam yo‘qligini, arpani chorva mollarim uchun ekkanimni tushuntirdim. Tushunishgach, arpani olib kelib omborimga to‘kdim. Lekin o‘sha kuni kechasi IIB boshlig‘i o‘rinbosari kelib, meni IIB xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmaslikda ayblab, shu yerda xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlariga bu haqda dalolatnoma tuzishlari lozimligini aytdi. Meni esa Damas’da xuddi jinoyatchilardek, IIBga olib ketishdi. Kuni bilan hech qanday sababsiz olib o‘tirishdi. So‘ngra kechki payt barmoq izlarimni olib, tushuntirish xati yozib berishimni aytishdi. Yozib berdim. Qo‘yib yuborishdi.

    Fermer Akrom Novotovning qo‘shimcha qilishicha, shu ish sabab tuman IIB fermerni sudga ham bergan. Ammo sud hujjatlar bilan tanishib chiqib, asos topolmagach, ishni 2 marta rad etgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, fermer va IIB xodimlari o‘rtasidagi kelishmovchilik tasvirlangan videoyozuv 16-iyul kuni kunduzgi soat 10:30 da fermer Akrom Novotov tomonidan yozib olingan.

    “Novot Niyoz” fermer xo‘jaligi ofisi.

    “Novot Niyoz” fermer xo‘jaligi ofisi.
    Foto: “Daryo”

    — 14-iyul kuni tush paytidagi va 16-iyul kuni ertalab 6:00 dagi seminarga ish yurituvchimni yuborganim mening aybim ekan, — deydi fermer videoyozuvdagi holatni izohlar ekan. – Ish yurituvchi ham fermer xo‘jaligining asosiy xodimi hisoblanadi-ku. Fermerning asosiy ishi dalada deb o‘ylayman.

    14-iyul kuni tush paytidagi seminarda qo‘liga kishan taqilib, avtobusda olib ketilgan mirob Zoirjon Nabiyevning ma’lumot berishicha, hudud aslida tuman hokimi sektori hisoblanadi. Hokim vaqtincha yo‘qligi sabab, sektor rahbari vazifasi IIB boshlig‘iga yuklatilgan bo‘lishi mumkin. Shu boisdan ham seminarni IIB boshlig‘i olib bordi.

    Zoirjon Nabiyev.

    Zoirjon Nabiyev.
    Foto: “Daryo”

    — Aslida seminarda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassislar kelib, fermerlarga yer bilan ishlash sirlarini o‘rgatishi kerak, — deydi Zoir Nabiyev. – Tuman hokimining seminarida xuddi shunday qilinardi. IIB boshlig‘ining 14-iyuldagi birinchi seminarida esa ish fermerlar qo‘liga kishan taqishdan boshlandi. Men “Chillabuloq” kanali rahbari bo‘lganim uchun, IIB boshlig‘i menga dublikat suv quygansan degan ayb qo‘ydi. Aslida chekka hududda joylashgan “Manzura Hamroyeva” fermer xo‘jaligiga bir marta suv quyganimizda oxirigacha yetib bormagach, yerni sug‘orish yakunlanishi uchun takroriy suv quydik. Yer sug‘orilgach, oxirigacha suv yetib bormasa, foydasi yo‘q-ku. IIB boshlig‘i esa menga suvni behuda sarflading, dublikat quyding deyapti.

    Zoir Nabiyevning ma’lumot berishicha, 14-iyuldagi IIB boshlig‘ining birinchi seminarida 2 nafar suvchi va 9 nafar fermer xo‘jaligi ishchi xodimlarining qo‘liga kishan taqilib, avtobusga qamalgan. Va seminar tugaguncha avtobusda olib o‘tirilib, so‘ngra tuman IIBga olib ketilgan. IIB hovlisida kechgacha sababsiz olib qolinib, so‘ngra tushuntirish xati olingach, qo‘yib yuborilgan.

    — Seminarga 20 nafar IIB xodimini olib kelgan, sal narida mahbuslarni olib ketuvchi “zekovoz” mashinani keltirib qo‘ygan mutasaddining qanday seminar o‘tishi kundek ravshan, — deydi Zoir Nabiyev. – Xo‘p, agar aybdor bo‘lsak, jarima belgilashsin edi. Nega endi qo‘limizga kishan taqishadi? Qo‘lga kishan taqadigan ish qilmadik hali. Qizig‘i, 20 nafar xodim vaqtining behuda sarflanishi, avtobus va harakatlanishi ko‘p yoqilg‘i talab qiluvchi “zekovoz”ning xarajati kimning zimmasiga tushar ekan endi?

    Fermer Akrom Novotov 40–45 yildan beri dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelayotganini, bu borada yaxshi mutaxassis ekanligini aytib, fermerlarga yer bilan tillashish haqida seminar o‘tayotgan tuman IIB boshlig‘ining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha bilimiga shubha qilmoqda.

    — Odatda seminar biror bir mutaxassis ishtirokida o‘tkazilib, fermerlarga yer bilan tillashish sirlari o‘rgatilishi kerak-ku, qanday qilib ichki ishlar xodimi fermerlarga dehqonchilik sirlarini o‘rgatishi mumkin? Qani bu yerda mantiq?

    Akrom Novotovning o‘rniga 14-iyul va 16-iyul kunlari seminarda ishtirok etgan “Novot Niyoz” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi Farrux Do‘stmurodov tuman IIB boshlig‘iga oliy ma’lumotli qishloq xo‘jaligi xodimi ekanligini, fermer xo‘jaligida qonuniy 5 yildan beri faoliyat yuritishini aytib, fermer xo‘jaligi bilan bog‘liq har qanday topshiriqni bajarishini aytishiga qaramasdan dala maydonidan quvilganini aytmoqda.

    Farrux Do‘stmurodov.

    Farrux Do‘stmurodov.
    Foto: “Daryo”

    Akrom Novotov “Daryo” muxbiri bilan suhbati davomida unga arpasini o‘rish uchun kombayn bergan MMTP rahbariga ham IIB tomonidan bosim o‘tkazilayotganini, shuningdek seminarga o‘zi bormagani uchun bu haqda MMTP rahbaridan bildirgi yozdirib olganini aytmoqda.

    — MMTP rahbariga ham bosim o‘tkazishyapti, — deydi Akrom Novotov. – Seminarga o‘zim bormay, ish boshqaruvchimni yuborganim uchun bu haqda bildirgi yozidirib olgan. IIB mening aybimni topishga intilib, tinch ishlashimga imkon bermayapti.

    Kasbi tuman IIB boshlig‘idan xatti-harakatining sababini so‘rash uchun bog‘lanishga harakat qilgan “Daryo” muxbiri IIB boshlig‘iga qo‘g‘iroq qilib tusholmadi. To‘g‘rirog‘i, IIB boshlig‘i telefoniga javob bermay, qaytish qo‘ng‘irog‘ini bosib qo‘ydi. Viloyat IIB matbuot xizmati orqali bog‘lanishga harakat qilishimiz ham samara bermadi.

    22.07.2019, 10:20   Izoh (0)   111718
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ikki kun ichida “Abituriyent ruxsatnomasi”ni 240 mingdan ortiq abituriyent yuklab oldi

    22.07.2019, 08:12

    Rossiya chegarasini noqonuniy buzib o‘tishga uringan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

    22.07.2019, 06:48

    O‘zbekistonda kelgusi hafta havo bulutli bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi

    21.07.2019, 23:20

    Samarqandda qirg‘oq va ko‘priklarni mustahkamlash ishlari olib borilmoqda

    21.07.2019, 22:10

    Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lidagi YTHdan keyin mashina ichida siqilib qolgan yo‘lovchi qutqarib olindi

    21.07.2019, 21:40

    Buxoroda aqli zaif bolaning otasidan nogironlikka o‘tkazib qo‘yish uchun 100 dollar talab qilgan shifokor ushlandi

    21.07.2019, 21:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20

    Qadimgi Misr diyetasi: mashhur piramidalar quruvchilari qanday ovqatlangan?

    Layfstayl | 18 iyul, 22:05

    Bir qator mamlakatlarda Google ishida uzilishlar yuz berdi

    Dunyo | 18 iyul, 21:50

    “Al-Hilol” APL yulduzi uchun kurashga kirdi

    Sport | 18 iyul, 21:45

    Belarus prezidenti o‘z o‘g‘liga iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan stipendiya tayinladi

    Dunyo | 18 iyul, 21:35

    Gollivud afsonalarining shuhrat qozonish imkoniyatini boy bergan farzandlari

    Layfstayl | 18 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.