Veterinariya davlat qo‘mitasi “Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” idoralararo qaror loyihasini tayyorladi, u O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylandi.
Hujjatga hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.
Qayd etilishicha, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari uchun saqlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘paytirayotgan, boqayotgan hayvonlari identifikatsiya obyekti bo‘lib hisoblanadi.
“Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun hayvon egalaridan quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:
— yirik shoxli mollar, ot, eshak va tuyalar — O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 2 foizi;
— mayda shoxli mollar, cho‘chqa — BHMning 1,5 foizi;
— it va mushuklar — BHMning 1 foizi.
Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari veterinariya muassasasi va hayvon egalari o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi”, — deyilgan hujjat loyihasida.
Izoh (0)