Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

17-iyul, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Jahon Chempionati—2022 musobaqasining Osiyo qit’asidagi 2-bosqich saralash o‘yinlariga qur’a tashlandi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston “D” guruhidan o‘rin oldi. Ektor Kuper shogirdlari mazkur guruhda Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur termalariga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu raqiblarning barchasi bilan to‘qnash kelgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan umumiy hisobda 10 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 tasida imkoniyatni boy bergan. Bitta bellashuvda esa g‘olib nomi aniqlanmagan (to‘plar nisbati — 13:21).

Qolgan raqib jamoalarning barchasini O‘zbekiston termasi mag‘lub etgan. Falastindan 3 marta, Yamandan 4 marotaba va Singapurdan esa 2 bor ustun kelgandi.

O‘zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqiblarga qarshi o‘yinlardagi qayd etgan natijalari:

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)