80 yoshli otaxon To‘xtamish Sultonov Surxondaryo viloyati Angor tumani Davlat xizmatlari markazi orqali oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirdi. Bu haqda DXA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yoshi ulug‘ abituriyent Samarqand davlat universitetining “Biologiyani o‘qitish metodikasi” hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining “Davolash va pediatriya ishi” yo‘nalishini tanlagan.
Qiziq tomoni, bundan oldingi rekord ham Angor tumaniga tegishli bo‘lib, 78 yashar Mamatqul Berdiyev Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga hujjat topshirgandi.
Izoh (0)