2019-yil 8-iyul kuni Navoiy shahrida yashovchi 40 yoshli J.N. respublika huquqni muhofaza qiluvchi organiga murojaat qilib, unda Navbahor tumanida yashovchi 50 yoshli A.X. va Qiziltepa tumanida yashovchi 55 yoshli R.Ya.lar unga “2019-yil Obod qishloq” Davlat dasturiga asosan Konimex tumani Ko‘kcha massivida qurilishi rejalashtirilgan 4 ta qurilish obyektlari uchun Konimex tuman xokimi nomidan kafolat xati olib berish evaziga undan 50 000 AQSh dollari talab qilayotganliklarini ma’lum qilgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Mazkur murojaat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida A.X. va R.Ya.lar Navoiy shahrida joylashgan “Tojmahal” kafesida J.N.dan 50 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtlarida ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)