Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Kopa Amerika—2019 musobaqasining chorak finalida Venesuelaga qarshi o‘yin oldidan mamalakat madhiyasini kuyladi (2:0).
32 yoshli argentinalik terma jamoa safida ilk marta uchrashuv oldidan o’z mamlakatining madhiyasini kuyladi.
To‘rt yil avval, 2015-yil dekabrida Kopa Amerika—2016 musobaqasi oldidan Messi Argentina madhiyasini hech qachon kuylamaganini va bundan keyin ham kuylamasligini ma’lum qilgandi.
Mazkur turnir oldidan Argentina terma jamoasi Jahon Chempionati—2014 hamda Kopa Amerika—2015 musobaqalarida final bosqichiga qadar yetib kelgandi.
#Brasil2019 | Suena el Himno Nacional en el estadio Maracaná y ya comienza a vivirse un nuevo partido de la #CopaAmerica
— TVP (@TV_Publica) June 28, 2019
Mirá el partido EN VIVO en https://t.co/GYiXqRdYsY ¡#SomosArgentina! ¡#VibraElContinente! pic.twitter.com/kyS5ytqEYl
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)