Kongo Demokratik Respublikasining Lualaba provinsiyasidagi shaxta qulashi oqibida 43 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Provinsiya gubernatori Rishar Muyej Manges Mansning so‘zlariga ko‘ra, taqiqlanganiga qaramay shaxtada ishlashga qaror qilgan noqonuniy konchilar halok bo‘lgan. Ayni paytda qurbonlarning qarindoshlari ularni tanib olish amaliyotini o‘tkazmoqda.
Xabarda aytilishicha, Mans yana bir bor konchilikda noqonuniy ishlashga chek qo‘yishga chaqirgan.
Qulagan shaxta Kamoto Copper Company (KCC)’ga tegishli. Ushbu kompaniya Lualaba provinsiyasida mis va kobalt qazib olish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya uran aniqlangani sababli 2018-yilning noyabr oyidan buyon kobalt eksport qilishni vaqtincha to‘xtatgan edi.
Izoh (0)