• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Shoshiradigan raqamlar. Dunyoning eng qimmat korporatsiya va kompaniyalari

    XX asrning ikkinchi yarmi tom ma’noda iqtisodiy inqiloblar asri bo‘ldi. Kechagina o‘z kapitalini million dollarga zo‘rg‘a chiqargan kompaniyalar asr oxiriga va XXI asr boshiga kelib o‘z mablag‘ini milliardlik raqamlarda hisoblaydigan katta korporatsiyalarga aylandi. Ayniqsa XX asr oxiri – XXI asr boshida ochilgan axborot texnologiyalari va internet sohasida turli maqsadlarda ochilgan kompaniyalar bugun o‘z aylanma mablag‘ini nafaqat milliard, balki trillionlik marraga yaqinlashtiryapti. Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra, yaqin 1–2 yilda dunyoning bir nechta korporatsiyasi aylanma mablag‘ini trillionlik marradan o‘tkazadi.

    Quyida 2019-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra dunyoning mablag‘i eng katta bo‘lgan korporatsiya va kompaniyalari o‘ntaligi keltiriladi.

    10. JP Morgan Chase

    Foto: “Negtegaz.ru”

    Foto: “Negtegaz.ru”

    Bugungi kunda qiymati: 332,24 milliard dollar

    Sohasi: Bank ishi

    Ushbu bank aylanma mablag‘ miqdori bo‘yicha AQShda 1-o‘rinda, dunyoda esa 6-o‘rinda turadi.  Bosh ofisi Nyu-York shahri, Manxetten tumanida, 270 Park Avenue’da joylashgan.

    9. Johnson & Johnson

    Foto: “BFM.ru”

    Foto: “BFM.ru”

    Bugungi kunda qiymati: 347,99 milliard dollar

    Sohasi: farmatsevtika

    Ushbu kompaniyani 1886-yilda aka-uka Jonsonlar tuzgan. Bugungi kunda ushbu kompaniya mahsulotlari 60 davlatda ishlab chiqariladi, 175 davlatda sotiladi.

    Bosh ofisi Nyu-Jersi shtati, Nyu-Bransuik shahrida joylashgan.

    8. Alibaba Group

    Foto: “AliZila.com”

    Foto: “AliZila.com”

    Bugungi kunda qiymati: 392,25 milliard dollar

    Sohasi: internet, elektron savdo

    Mahsulotlari: elektron savdo, onlayn auksion, onlayn tarjimalar, onlayn pul o‘tkazmalari, tezkor savdo

    Alibaba kompaniyasi Xitoyda birinchi o‘rinda, dunyoda esa yuqori o‘rinlardan birida turuvchi elektron savdo platformalaridan biri hisoblanadi. U 1999-yil 4 aprelda tuzilgan. Bosh ofisi Xitoyning Xanjou shahrida.

    7. Tencent

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bugungi kunda qiymati: 400,90 milliard dollar

    Sohasi: ijtimoiy tarmoqlar, OAV, veb-portallar

    Kompaniya bugun quyidagi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatib bormoqda: ijtimoiy tarmoqlar, mobil o‘yinlar, to‘lov xizmatlari, internet-servis, smartfonlar ishlab chiqarish.

    Kompaniya Xitoyda 1998-yilda ochilgan. Bosh ofisi Nanshan shahrida.

    6. Facebook

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Hozirgi kunda qiymati: 413,25 milliard dollar

    Sohasi: ijtimoiy tarmoq

    Ijtimoiy tarmoqni 2004-yilda Mark Sukerberg ochgan. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqqa bir kunda 1,86 milliard odam kiradi.

    Facebook birgina reklamaning o‘zidan yiliga 8 milliard dollar sof foyda oladi.

    Bosh ofisi Kaliforniya shtati, Menlo-Park shahrida.

    5. Berkshire Hathaway Inc.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Hozirgi kunda qiymati: 482,36 milliard dollar.

    Kompaniya ko‘p tarmoqli hisoblanadi: sug‘urta, moliya, temir yo‘l, kommunal xizmatlar va boshqa ko‘plab sohalar. Kompaniya amerikalik milliader Uorren Baffetga tegishli.

    Kompaniyaning sho‘ba korxonalari ro‘yxati:

    GEICO (avtosug‘urta);

    General Re (oldindan sug‘urta qilish);

    Berkshire Hathaway Primary Group (sug‘urta);

    Berkshire Hathaway Reinsurance Group (sug‘urta va oldindan sug‘urta qilish);

    BNSF — (temiryo‘l transporti);

    Berkshire Hathaway Energy (elektr va gaz ta’minoti);

    McLane Company (ulgurji savdo).

    Bosh ofisi Nebraska shtati, Omaxa shahrida.

    4. Apple Inc.

    Foto: Apple

    Foto: Apple

    Hozirgi kundagi qiymati: 720,12 milliard dollar

    Sohasi: elektronika va axborot texnologiyalari, planshet, kompyuter, mobil telefonlar ishlab chiqarish.

    Kompaniyani 1976-yilda Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueynlar tashkil etgan. Bugungi kunda bu kompaniyada dunyo bo‘ylab 132 ming xodim ishlaydi. Bosh ofisi Kaliforniya shtati, Kupertino shahrida.

    Apple uzoq vaqt dunyoning eng qimmat kompaniyasi bo‘lib keldi. Ammo oxirgi bir nechta telefon markalarining muvaffaqiyatsiz chiqishi va sarmoyadorlarning ishonchsiz munosabatlari kompaniya aksiyalarining narxini 30 foizga arzonlab ketishiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa, u eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatidagi 1-o‘rnini boshqalarga bo‘shatib berdi.

    3. Alphabet Inc.

    Foto: “Medium.com”

    Foto: “Medium.com”

    Hozirgi kundagi qiymati: 737,37 milliard dollar

    Sohasi: internet xizmatlari

    Bu nomi o‘zgargan Google kompaniyasidir. Alphabet Inc. kompaniyasi nafaqat Google’ga, balki AdWords, Android, YouTube kabi o‘ttizga yaqin taniqli brendlarga va kompaniyalarga egalik qiladi.Kompaniyaga 1998-yilda Sergey Brin va Larri Peyjlar asos solgan.

    Bosh ofisi Kaliforniya shtatida joylashgan.

    2. Microsoft

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Hozirgi kundagi qiymati: 789,25 milliard dollar

    Sohasi: turli elektron dasturlar savdosi.

    Microsoft bugun bozor qiymatiga ko‘ra dunyoning ikkinchi eng qimmat kompaniyasi hisoblanadi.

    Asosiy mahsulotlari Microsoft Office, Windows va Xbox bo‘lgan ushbu kompaniyaga 1975-yilda Bill Geyts asos solgan.

    Bugungi kunda Microsoft dasturlar yaratish va sotish bo‘yicha dunyoning eng old kompaniyasi hisoblanadi. Uning Windows dasturi dunyodagi eng ommabop dasturdir.

    Shtab-kvartirasi Vashington shtatidagi Redmond shahrida joylashgan.

    1. Amazon Inc.

    Foto: Amazon

    Foto: Amazon

    Hozirgi kundagi qiymati: 802,18 milliard dollar

    2019-yil 7-yanvar kuni AQShning yana bir kompaniyasi — Amazon Microsoft’ni quvib o‘tib, jahonning eng qimmat kompaniyasiga aylandi.

    Amazon – bu nafaqat AQSh, balki butun dunyoda turli mahsulotlarni internetda sotishga ixtisoslashgan eng yirik kompaniya.

    Amazon onlayn maydonchasi yordamida internet foydalanuvchilari, shuningdek, yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar istalgan mahsulotni sotishi va sotib olishi mumkin.

    Kompaniyaga 1994-yilda Jeff Bezos tomonidan asos solingan. Kompaniya bosh ofisi Vashington shtatining Sietl shahrida joylashgan.

    Kompaniyada bugungi kunda umumiy hisobda 230 ming xodim ishlaydi.

    28.06.2019, 11:07   Izoh (0)   78307
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tramp va Putin G20 sammitida suratga tushish marosimidan oldin qisqacha suhbatlashdi

    28.06.2019, 10:59

    Tramp Merkel bilan Xitoy, Eron va Ukraina muzokaralarini muhokama qildi

    28.06.2019, 10:36

    Iroqda Bahrayn elchixonasi oldida namoyish o‘tkazgan 50 dan ortiq shaxs ushlandi

    28.06.2019, 10:13

    Ispaniyada braziliyalik serjant 39 kg kokain bilan qo‘lga olindi. U G20 sammitiga ketayotgan bo‘lgan

    28.06.2019, 08:55

    Vladimir Putin: Rossiyada oligarxlar yo‘q

    28.06.2019, 08:26

    Zelenskiy Vladimir Putinga ukrainalik dengizchilarni ozod qilish masalasida murojaat qildi

    28.06.2019, 07:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.