Markaziy bank 2019-yilning I choragi uchun O‘zbekistonning to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonning jami tashqi qarzi 2019-yil boshidan 10,3 foizga yoki 1,8 milliard dollarga oshib, 2019-yil 1-aprel holatiga 19,1 milliard dollarni tashkil qildi.
Qayd etilishicha, ushbu ma’lumotlar to‘lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiya bo‘yicha qo‘llanmaning oltinchi nashriga muvofiq tayyorlangan.
Avvalroq O‘zbekistonning tashqi qarzi 17 milliard dollarga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)