Agar Istagram ijtimoiy tarmog‘ida #sunset xeshtegi bilan surat qidirilsa, kun botishining butun dunyo bo‘ylab olingan 200 milliondan ortiq suratlarini topish mumkin.
Biroq, Travel Ask’ning yozishicha, qanchalik harakat qilsak ham, Yerda kun botishini astronaft Aleksandr Gerst olgan suratlardek natijaga erisha olmaymiz. European Space Agency xodimi uni fazodan turib suratga olgan.
Astronavt Gerst fazoda ESA’ning amaldagi boshqa astronavtlariga qaraganda ko‘proq vaqt bo‘lgan. Qolaversa, Gers bugungi kunda fazodan eng yorqin va esda qolarli suratlardan birini olishga erishgan suratkashdir.
Aleksandr yaqinda Yerga qaytgan bo‘lib, o‘zning Twitter’dagi sahifasida kun botishining fazodan olingan bir necha suratlarini joylagan. Suratda shafaq kun va tun o‘rtasini ajratib turuvchi to‘siq vazifasini bajarishini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)