Facebook ijtimoiy tarmog‘ining Denis Larichkin ismli foydalanuvchisi “Potribitel.uz” guruhiga Ohangaron shahridagi daraxtlar sababsiz kesilayotgani tasvirlangan suratlarni joylashtirdi.
“Barchasini chopishmoqda. Ohangaron shahri 2-daha, 9, 10, 11… uylar. Yuzlarini yashirishmoqda. Mashina nomerlari Jizzax viloyatinikiga tegishli. Ertaga hammasini oxirigacha chopishga va’da berishdi. Aytishlaricha, osma simlarga xalaqit bermoqda ekan. Iltimos, buni to‘xtatinglar. Hech bo‘lmasa ular qonun doirasida ish ko‘rayotganliklarini tekshiringlar”, — deb yozadi Denis.
Izoh (0)