GROSS INSURANCE – O‘zbekiston bozoridagi eng yirik sug‘urta kompaniyalaridan biri bo‘lib, nafaqat yirik aviatsiya, neft-gaz, shuningdek bank xavf-xatarlarini sug‘urtalash sohasida peshqadam hisoblanadi, balki sug‘urtalash sohasida yangi yo‘nalishlar va innovatsion yechimlarni taklif qilib, kun sayin aholiga yanada yaqinlashib bormoqda.
Jumladan, o‘tgan yilga nisbatan joriy yilda Kompaniyada sug‘urta qilingan jismoniy shaxslar soni 1,65-martaga oshib, 350 ming kishidan ortiqni tashkil etmoqda.
Kompaniya kun sayin o‘z biznesi chegaralarini kengaytirib bormoqda va yangi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Bunda o‘z mahsulotlari va xizmatlarini uzluksiz rivojlantirib borishga doimo sodiqligini namoyish etib kelmoqda.
Bugun GROSS INSURANCE sug‘urta kompaniyasi rebrending to‘g‘risida e’lon qiladi. Uni boshqa sug‘urtachilardan keskin ajratib turadigan biznes yuritish tamoyillari – dinamiklik, rivojlanishga intilish va innovatsion ochiqlikka asoslangan yangi firma uslubi va logotipini taqdim etadi (to‘liq versiyasi bilan kompaniyaning www.gross.uz saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi Facebook.com/grossuz hamda Instagram.com/grossuzb sahifalarida tanishishingiz mumkin).
Kompaniya logotipining asosiy ma’no-mazmuni – ishonchli himoya!
Korporativ identifikatsiya asosini Kompaniya nomining bosh harfi bo‘lgan “G” harfi tashkil etadi.
Yangi logotip mustahkamlik va barqarorlikni ifodalaydi, belgining to‘g‘ri chiziqlari esa, saxovatpeshalik timsoli hisoblanadi.Ikkita qo‘l shaklida taqdim etilgan logotip belgisi o‘z mijozlariga ishonch va g‘amxo‘rlik bilan munosabat, tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatishga intilish, shuningdek kompaniya tomonidan o‘zining barcha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishi ramzidir.
GROSS INSURANCE sug‘urta kompaniyasi yangi qiyofasi mijozlarning ishonchi har qanday sug‘urta kompaniyasi faoliyatining asosiy poydevori bo‘lishi kerakligining yana bitta tasdig‘i hisoblanadi.
Maqsadimiz – haqiqatdan ham xalq kompaniyasi bo‘lish! Sizning xotirjamligingiz – bizning vazifamiz!
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)