Shveysariyaning Lozanna shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 134-sessiyasida bir qator sport turlarini Olimpiada dasturiga kiritish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Unga ko‘ra, breyk-dans, skeytbording, syorfing va sport alpinizmi 2024-yili Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi.
“Ushbu 4 sport turi Olimpiya harakatini butun dunyo bo‘ylab rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘sha oladi. Bu sport turlari gender-tenglikni saqlashi, yoshlarni sportga yanada jalb etishi bilan ahamiyatli”, — dedi XOQ prezidenti Tomas Bax.
Parij Olimpiadasida sport alpinizmi va skeytbording bo‘yicha 4 tadan, syorfing va breyk-dans bo‘yicha 2 tadan medallar komplekti o‘ynalishi tasdiqlandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)