Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh bilan yadro bitimi bo‘yicha qayta muzokara o‘tkazmasligini bildirdi, deb xabar berdi “Exo Moskvi”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday kelishuv ikki yil davom etgan muzokaralar natijasidir. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar belgilangan shartlarni amalga oshirmasa, Tehron bitim bo‘yicha o‘z majburiyatlarini kamaytirishni davom ettiradi.
Ruhoniyning ta’kidlashicha, Amerikaning Eronga qarshi sanksiyalari Vashingtonning “masalani hal qilishga” tayyor emasligidan dalolat beradi.
Izoh (0)