Donald Tramp Osakada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida Vladimir Putin bilan uchrashib, mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha qator masalalarni, shu jumladan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilmoqchi. Bu haqda “Liga Novosti” xabar berdi.
“Suhbatda birinchi navbatda mintaqaviy xavfsizlik masalalariga, xususan, Eron, Ukraina, Suriya va Yaqin Sharqdagi vaziyatga e’tibor qaratiladi”, — deb ta’kidlagan Oq uy vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh qurollarni nazorat qilish va ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash masalalarini muhokama qilmoqchi.
Izoh (0)