Indoneziyaning Yamden orolida joylashgan Banda dengizida 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Zilzila markazi Saumlaki shahridan 288 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i esa 208 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Jabrlanganlar va vayrongarchiliklar haqida xabar kelib tushmagan. Sunami xavfi e’lon qilinmagan.
Shuningdek, Indoneziya sharqidagi Yangi Gvineya oroli Papua provinsiyasida ham 6,1 magnitudali zilzila qayd etilgan.
Izoh (0)