Futbol bo‘yicha Afrika Millatlar Kubogining guruhlarida 23-iyun, yakshanba kuni 1-tur bahslari doirasida 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
“C” guruhidan o‘rin olgan bahsda Senegal terma jamoasi Tanzaniya termasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 28-daqiqasida senegallik yarim himoyachi Keyta Balde hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqaga kelib Krepen Diotta hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa Senegal musobaqaning dastlabki turida Tanzaniya ustidan 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu kuni Jazoir terma jamoasi Keniyani sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuvning 34-daqiqasida Jazoir termasi hujumchisi Bog‘dod Buneja penaltidan raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 43-daqiqaga kelib yarim himoyachi Riyad Mahrez ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi (2:0).
Bahs yakuniga ko‘ra Jazoir terma jamoasi musobaqaning 1-turida Keniya ustidan zafar quchib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
“D” guruhida esa Marokash termasi Namibiya bilan bahsga kirishdi.
O‘yinning 89-daqiqasida namibiyalik hujumchi Itamunua Keymuyne o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (1:0).
Shu tariqa Marokash terma jamoasi avtogol evaziga Namibiyani mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Afrika Millatlar Kubogi
1-tur bahslari
23-iyun, yakshanba
“C” guruhi
Senegal—Tanzaniya 2:0
Gollar: 1:0 — 28 Keyta Balde, 2:0 — 64 DiottaJazoir—Keniya 2:0
Gollar: 1:0 — 34, penalti, Buneja, 2:0 — 43 Mahrez“D” guruhi
Marokash—Namibiya 1:0
Gol: 1:0 — 89, avtogol, KeymuyneYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)