Ukrainaning Ivanovo-Frankovsk viloyatida chaqmoq urishidan uch kishi halok bo‘ldi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, bu haqda 21-iyun kuni viloyat politsiyasi matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Huquq tartibot organlarining aniqlik kiritishicha, sodir bo‘lgan bahtsiz hodisa haqida soat 19.20 da ma’lumot kelib tushgan. Chaqmoq metall konstruksiyalardan yasalgan avtobus bekatiga urilgan.
Oqibatda Lvov viloyatidan qarindoshlarinikiga kelgan, 1954, 1963 va 1985-yillarda tug‘ilgan uch erkak halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, mahalliy aholi vakillari—ikki nafar ayol ham jabrlangan. Ulardan birining aytishicha, halok bo‘lganlardan sal chetroqda turgan. Chaqmoq zarbi uni yerga qapishtirib qo‘ygan. O‘ziga kelib, o‘rnidan turganida esa erkaklar jon taslim qilganiga guvoh bo‘lgan.
Izoh (0)