Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi 46 yoshli A.X. 20-iyun kuni mast holda 38 va 39 uylar oralig‘ida uxlab qolgan. Shunda ikki yigit uning narsalarini o‘marib ketgan, deya xabar bermoqda IIV.
Xabar berishlaricha, Uchtepa tumanida yoshli 19 yoshli R.I. va S.A. mast ahvoldagi A.X.ning uxlab yotganidan foydalanib, cho‘ntagidagi 1,4 million so‘m puli, Huawei telefoni va haydovchilik guvohnomasini o‘g‘irlab ketgan.
“Ko‘rilgan choralar natijasida R.I. va S.A. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)