Moskvada har yili o‘tkaziladigan “Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya”ning joriy yilgi reytingi 2013-yildan buyon eng past ko‘rsatkichni qayd etdi, deb xabar beradi Meduza.
Mediascope kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, translyatsiya reytingi 6,8 foizni, auditoriya ulushi esa 52,6 foizni tashkil etgan.
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya”ni Moskvaning o‘rtacha 1 million aholisi televizor orqali tomosha qilgan, xususan, ularning aksariyatida translyatsiyaning ikkinchi qismi katta qiziqish uyg‘otgan.
O‘tgan yili “To‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya”ning Moskvadagi reytingi 8,1 foizni, ulushi esa 54,1 foizni tashkil etgandi. Moskvada ushbu reyting to‘rt yildan buyon ketma-ket pasaymoqda.
Izoh (0)