“Manchester Yunayted” klub bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherga transferlar uchun 100 million funt ajratadi, deya xabar berdi ESPN.
Agarda xarajatlar ushbu miqdordan oshib ketadigan bo‘lsa, futbolchilar sotuvidan kelib tushadigan mablag‘ bilan qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, “qizil iblislar” “Lester” himoyachisi Harri Maguayr hamda “Kristal Pelas” a’zosi Aaron Uan-Bissakani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi.
Biroq klublarning futbolchilar uchun yuqori mablag‘ talab qilishi tomonlarning kelishuvi muvaffaqiyatsiz yakunlanishiga sabab bo‘lib turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)