Yaponiyaning “Sagan Tosu” klubi hujumchisi Fernando Torres futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.
Ispaniyalik o‘z vaqtida “Atletiko”, “Liverpul” va “Chelsi” klublarida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Torres 2018-yilning yozidan buyon Yaponiyaning “Sagan Tosu” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. 35 yoshli hujumchi joriy mavsum Yaponiya chempionatida 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta sariq kartochka ishlab oldi.
Eslatib o‘tamiz, u “Chelsi” safida Yevropa Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Angliya Kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. “Atletiko” bilan esa Yevropa Ligasida g‘alaba qozongan.
Bundan tashqari Torres Ispaniya terma jamoasi tarkibida 2010-yilgi Jahon Chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2008 va 2012-yillarda ikki bor Yevropa Chempionatida g‘alaba nashidasini surgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)