“Real” yarim himoyachisi Markos Lyorente Madridning boshqa bir klubi “Atletiko” futbolchisiga aylandi. Bu haqda “matraschilar”ning rasmiy saytida xabar berildi.
Tomonlar futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan. “Atletiko” Lyorente bilan 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
U klub yarim himoyachisi Rodrining o‘rinbosari sifatida ko‘rilmoqda. “Qirollik klubi” Lyorentening transferidan 40 million yevro ishlab oladi.
Eslatib o‘tamiz, Markos Lyorente 2018/19-yilgi mavsum La Ligada 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)