Germaniyaning kansleri Angela Merkel Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Berlinda uchrashgan payti o‘ta issiq havo sabab o‘zini yomon his qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Zelenskiy 18-iyun kuni Germaniya kansleri bilan uchrashish uchun Berlinga bordi.
Xabarda aytilishicha, bir daqiqa ichida Merkel titraganini yashirish uchun qo‘lining joylashuvini ko‘p bor o‘zgartirgan.
Uning yomon holatga tushishiga o‘ta issiq ob-havo sabab bo‘lgan deya taxmin qilingan. Berlinda uchrashuv payti harorat 30 daraja issiq edi.
Keyinchalik esa Angela Merkel nega o‘zini yomon his qilganiga izoh berdi. Uning aytishicha, bunga suvsizlanish sabab bo‘lgan.
“Men bir necha butilka suv ichdim, hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman”, — dedi Merkel.
Izoh (0)