Qaysi shaxslarga bolani davlat bog‘chalariga qo‘yishda imtiyozlar beriladi? Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali ma’lumot beradi.
Quyidagi shaxslarga bolani davlat bog‘chalariga qo‘yishda imtiyozlar beriladi:— nogiron bo‘lgan shaxslarning bolalari;— uch nafar yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalarning bolalari;— harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;— talabalar va pedagoglarning bolalari;— yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;— boshqa muassasalardan o‘tkazilgan bolalar;— akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar.
Bunda mazkur ro‘yxatdagi bolalarga bog‘chada bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda birinchi navbatda yo‘llanma beriladi.
Izoh (0)