Yakkasaroy tumani MIB tomonidan auksion savdolariga qo‘yilgan Toshkentdagi Chelsea pabi va Toshkent viloyatidagi Cinara’s restoran tarmog‘ining bir qismi birinchi urinishda sotilmadi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Birinchi lot 4 milliard so‘mga, ikkichisi esa 6 milliard so‘mga baholangan. Savdolar 13 va 14-iyunda o‘tkazildi va hech qanday natijalarsiz yakunlandi. Chelsea pabi auksionga qayta qo‘yildi, Cinara’s ham shunday qilinishi kutilmoqda.
Auksionda ishtirok etish uchun lotning boshlang‘ich narxining 5 foizi miqdorida zakalat to‘lash lozim.
Caravan Group asoschisi Timur Musin may oyida o‘tkazilgan matbuot anjumanida restoranlar auksionga qo‘yilishiga olib kelgan qarzdorlik qanday paydo bo‘lgani, vaziyatning ikki rivojini taqdim etgan edi. U, shuningdek, auksionga butun Cinara’s restorani emas, uning to‘rtdan bir qismi qo‘yilganini ta’kidlagan.
Izoh (0)