52 yoshli Nargiza Ahrorova saraton kasalligiga chalingani sabab Hindistonga davolangani ketgan edi. Endi esa O‘zbekistonga tobutda qaytdi. Bu haqda “Uz24” xabar berdi.
Uning o‘g‘li Odilbek Axrorov vositachilarga ishonib, onasini bir necha ming dollarga Hindistonga olib borgan, ammo u aldangan bo‘lib chiqdi.“Vositachilik” qilgan asli toshkentlik bo‘lgan ayol va uning hindistonlik turmush o‘rtog‘I Nargiza Ahrorova kasallikning so‘nggi bosqichida bo‘lishiga qaramasdan 30-may kuni kasalxonaga yotqizilganini xabar qildi. Ayol Dehli shahridagi Jaypee shifoxonasiga yotqizilgan.
Vositachilarning so‘zlariga ko‘ra, Odilbek Ahrorov davolash pulini to‘lay olmagach, “onasining joni uziladigan bo‘lsa, javobgarlikni o‘z zimmasiga olib” onasini shifoxonadan olib chiqib ketgan.Ahrorovaning ahvoli 8-iyun kuni Toshkentga uchayotganda kislorod tugashi bilan yomonlashgan. Shundan keyin Toshkentga uchadigan samolyot Dehliga qaytishga majbur bo‘lgan.Odilbek Ahrorov vositachilarni yolg‘on gapirganlikda ayblamoqda.
“Turmush o‘rtog‘i hind bo‘lgan ayol onamni davolatish 1000 dollar bo‘lishini aytgan edi. Biz bu gapga ishonib, 30-may kuni onam bilan Hindistonga uchdik. U Hindistonga o‘z oyoqlarida kelib, 10 kundan so‘ng Toshkentga tobutda qaytdi”, — deydi marhumaning o‘g‘li.Uning so‘zlariga ko‘ra, shifoxona xodimlari onasining davolanishi uchun dori-darmonlarni vositachilar aytgan summadan besh barobar qimmat baholagan.“Bir necha kundan beri u doimiy ravishda kapelnitsa va turli ukollar oldi. Onam buyragi ishlamay qoldi. Bizga 5000 dollar yoki kuniga 1500 dollardan to‘lashimiz kerakligini aytishdi. Bizda bunday pul yo‘q edi. Biz ming dollar hisoblab kelgandik. Pul yo‘qligi sababli men uni O‘zbekistonga olib ketishni so‘radim”, — dedi marhumaning o‘g‘li.
Izoh (0)