2018-yilning fevralida “Gita” tropik sikloni Yangi Zelandiya va uning yaqinida joylashgan orollarga katta talofat yetkazgan edi. Shuningdek, siklon g‘ayrioddiy tabiat fenomenining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan, deb xabar beradi National Geographic.
3—22-fevral kunlari Tinch okeanining janubiy qismiga yopirilgan kuchli shamol, yog‘ingarchilik hamda toshqinlar toshlar oqimini yuzaga keltirgan edi.
Videodan ko‘rish mumkinki, tog‘ jinsi xuddi daryoni eslatib “oqmoqda”. Kuchli tosh oqimi 8 ta fermani qo‘shni shaharga eltuvchi yo‘llarni yopib qo‘ygan.
Geologlarning aytishicha, mazkur holatda zich tuproq harakatlanmoqda. To‘fonga o‘xshash tashqi kuchlar ta’sirida tuproq “suvga nisbatan zichligi katta bo‘lsa ham, o‘zini xuddi suyuqlikdek tutadi”.
Izoh (0)