Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari Karmana tumanidagi “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini Nurafshon ko‘chasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Gulchehra Rajabova xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar oldi.
Navoiy FVB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Gulchehra Rajabova bir necha yillardan buyon og‘ir kasallikka chalingan bo‘lib, oila boquvchisi yo‘q.
Boshqarma xodimlari tomonidan uning hovlisi ta’mirlanib, turli chiqindilardan tozalandi. Shuningdek moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida oziq -ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
Izoh (0)