Mana shu yil yong‘inda qolib, vayron bo‘lgan Parijdagi Notr-Dam Fransiyaning yagona gotik arxitekturasi hisoblanmaydi. Bu yerda XII asrda qurila boshlangan buyuk soborlar bor. Ularda ishlatilgan gotik uslub keyinchalik butun Yevropaning shimoli va sharqiga tarqalgan. Gotik uslubdagi arxitekturaning o‘ziga xos xususiyatlari qadimiy fransuz soborlari, vertikal minoralar va ustunlar, ko‘plab dekorativ elementlar va rangli vitrajlar bilan qoplangan misollar orqali kuzatilishi mumkin. Travel Ask Yevropa gotik uslubining durdonasi sanalgan Fransiya soborlarining suratini taqdim etdi.
Shartrdagi Notr-Dam
2. Ruandagi Notr-Dam
Ruandagi ushbu katolik cherkovi Fransiyaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Uning bir qancha qismlari yong‘in, dovul, chaqmoq hamda Ikkinchi jahon urushi paytidagi bombardimonchilikdan aziyat chekkan.3. Amyendagi Notr-Dam
Yana bir gotik cherkov Amyenda joylashgan. Bu ushbu uslubda Fransiyada qurilgan cherkovlarning eng kattasi. U XIII asrning ikkinchi yarmida qurib bitkazilgan.4. Reymsdagi Notr-Dam
Reymsdagi Notr-Dam nafaqat diniy va me’moriy meros hisoblanadi, balki Fransiya tarixida ham o‘z ahamiyatiga ega. Gap shundaki, aynan ushbu katolik soborida O‘rta Asrlarda fransuz qirollarining toj kiyish marosimi bo‘lgan.5. Strasburgdagi Notr-Dam
Ushbu sobor boshqalaridan faqat bitta minorali ekani bilan ajralib turadi. Ikkinchi minorasi oxirigacha qurilmagan. Aslida bu gotik sobor emas, balki roman-gotik uslubining qorishmasi. Uning qurilishi 1000 yil avval boshlangan. U paytlar hali gotik uslub fransuz arxitekturasida kashf qilinmagan edi. Binoning ichida XIX asrning birinchi qismiga tegishli bo‘lgan eski astronomik soat saqlanadi.
Izoh (0)