Iroqdagi sud IShIDga aloqador bo‘lgan ikki fransuzga o‘lim jazosini belgiladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hukm qilinganlardan biri 33 yoshli Braxim Nejar Suriya davlatiga jangarilarni yuborishda ayblangan.
Ikkinchi fransuzning ismi esa Karam al-Xarchauya. U 2019-yil yanvar oyida 12 nafar fransuzdan iborat gurh bilan Suriyaga ketgan. U yerda esa hibsga olingan.
Jazoga mahkum qilinganlar bir oy ichida sud hukmidan shikoyat qilishlari mumkin.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)