O‘zbekiston aviaqatnov bozorida yana bir xorijiy kompaniya paydo bo‘ldi. Misr AlMasriya Universal Airlines aviakompaniyasi Toshkentdan Sharm ash-Shayxga boradigan reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.
Yangi yo‘nalishdagi reyslar har hafta chorshanba kunlari parvoz qiladi. Birinchi reys 12-iyun kuni amalga oshiriladi. Toshkent—Sharm ash-Shayx yo‘nalishida zamonaviy Airbus-320 samolyotlari xizmat ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Toshkentdan Jakartaga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchuvchi reyslar joriy qilindi. 16-iyuldan esa Toshkentdan Tbilisiga birinchi qatnov amalga oshiriladi.
Izoh (0)