Polshada birinchi marta olti egizak dunyoga keldi. Bu haqda Onet Wiadomości axborot portal xabar berdi.
Egizaklar — to‘rt qiz va ikki o‘g‘il — 20-may kuni Krakov Universitet kasalxonasida tug‘ildi. Shifokorlar bemor ustida muddatidan oldin kesarcha kesish operatsiyasini o‘tkazishga qaror qildi — ayolni homiladorlikning 29-haftasida operatsiya qilishdi.
Ona o‘zini yaxshi his qilmoqda. Bolalar kuvyozlarga — chala tug‘ilgan chaqaloqlar uchun maxsus inkubatorlarga joylashtirildi. Go‘daklarning har biri taxminan 1 kilogrammdan vaznga ega.
Kasalxona vakili Mariya Vladkovska so‘zlariga ko‘ra, bu Polshada bir yo‘la olti bola tug‘ilishi bilan bog‘liq birinchi holat bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)