27,2 million amerikalik 20-may kuni “Taxtlar o‘yini” serialining oxirgi qismi chiqishi munosabati bilan ishga umuman bormasligi, kech qolishi, uydan turib ishlashi yoki ish samaradorligi past bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.
Bunday natija The Harris Poll tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov orqali aniqlangan.
Oxirgi seriyani tomosha qilishni rejalashtirgan 10,7 million ishchilar Temir taxtga ko‘tarilishni kuzatish va uni nishonlash yoki salbiy hissiyotlarni yengish uchun ishga bormasligini ma’lum qilgan.
Yakshanba kuni kechki payt ishlaydigan 5,8 million kishi bu safar boshqacha harakat qiladi. Dushanba kuni ertalab 2,9 millionga yaqin kishi ishiga kech qolishini, 3,4 million kishi esa uydan turib ishlashini aytgan.
Qolgan bir necha million odam, “Taxtlar o‘yini”ning finalini tomosha qilish ularning ish jadvali va/yoki samaradorligiga ta’sir qilishini ma’lum qilgan.
Tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, “Taxtlar o‘yini”ning so‘nggi mavsumi allaqachon 20,4 million amerikaliklarning ishlashiga putur yetkazgan.
4,4 million ishchi epizodlarni qayta ko‘rish uchun atayin ishiga bormagan.
7,3 million ishchi dushanba kuni ishga bormaslik uchun kasallik ta’tili yoki dam olish kuni olganini tan oldi, chunki kechasi ular “Taxtlar o‘yini”ni tomosha qilib chiqqan bo‘ladi.
“Serialning ko‘plab muxlislari, hatto ishlayotganda ham, ularning fikrlari Vesterosda bo‘lishini aytgan: 12,7 million ishchi haftada besh yoki undan ko‘p soat vaqtni internetda Game of Thrones haqida ma’lumotlar o‘qish, muhokama qilish va post qoldirishga sarflashlarini tan olgan, 16,5 million kishi esa bir soatdan to‘rt soatgacha vaqt sarflagan”, — deyiladi xabarda.
So‘rov onlayn tarzda 7-maydan 9-maygacha 18 yoshdan oshgan va ishlaydigan 1090 nafar amerikaliklar o‘rtasida o‘tkazilgan.
8-mavsumning final qismi videopromosi:
Izoh (0)