Massimiliano Allegri kelasi mavsumda “Yuventus”ni boshqarmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Turin klubi rasmiy sayti xabar berdi.
“Yuventus” Allegrining jamoadan ketishini e’lon qildi. Biroq murabbiyning ketish sabablari ochiqlanmagan.
18-may kuni “Yuve” direktorlar kengashi rahbari Andrea Anyelli hamda Allegri jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassis “keksa sinyora”ni 2014-yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Turinliklar so‘nggi 5 mavsumda Italiya chempioniga aylandi, shuningdek, ikki marta Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. Unda Ispaniyaning ikkita grand klubi — “Barselona”ga 2015-yilda (1:3) va 2017-yilda “Real Madrid”ga yutqazgandi (1:4).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)