“Yuventus” yarim himoyachisi Miralem Pyanich yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Football 24 xabar berdi.
Unga ko‘ra, 29 yoshli bosniyalik futbolchi uchun yaxshiroq taklif tushadigan bo‘lsa, Turin klubi uni sotib yuborishga tayyor. Pyanichning xizmatlariga ayni damda “Real”, PSJ va “Manchester Siti” jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Uning transferi 100 mln yevroga baholangan. Avvalroq futbolchining PSJ taklifiga qiziqib qolgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Shuningdek, “Yuventus” “Real”ning 86 mln yevrolik taklifini rad qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)