Fotogalereya: 74 yil oldin butun dunyo g‘alabani qanday nishonlagan?
1945-yil 8-may Moskva vaqti bilan soat 02:10 da boshlovchi Yuriy Borisovich Levitan fashistlar Germaniyasining shartsiz ravishda taslim bo‘lishi, shuningdk, SSSR Oliy Soveti Rayosatining “9-mayni G‘alaba kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi Farmonini o‘qidi. Shu kundan boshlab, har bahor urush qahramonlariga hurmat bajo keltiriladi.
AdMe 74 yil avval g‘alabani butun dunyo qanday nishonlagani aks etgan suratlarni yig‘di.
Gollandiyalik muxolifatchilar radio orqali Adolf Gitlerning o‘limi haqidagi xabarni eshitib quvonishmoqda. 1945-yil, may.
Foto: AdMe
Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alaba munosabati bilan otilgan birinchi mushak. Moskva. Qizil maydon, 1945-yil 8-may
Foto: AdMe
Parijliklar ittifoqdosh davlatlarning bayroqlarini hilpiratib, G‘alaba arkasidagi maydonda yurish qilmoqda. 1945-yil 8-may
Foto: AdMe
Germaniyaning rasman taslim bo‘lgani e’lon qilingach, qirollik oilasi Bukingem saroyi oldida xalqni qarshilamoqda. 1945-yil 8-may
Foto: AdMe
Sovet harbiylari Reyxstag oldida. 1945-yil
Foto: AdMe
Parij ko‘chalaridagi baxtli odamlar. 1945-yil 8-may
Foto: AdMe
SSSR armiyasining harbiy qiz yo‘l belgisi oldida. Berlin, 1945-yil
Foto: AdMe
London markazidagi bombardimondan himoyalangan Eros haykali oldidagi odamlar
Foto: AdMe
Sovet harbiylari Tirgartenda g‘alabani nishonlamoqda. Berlin, 1945-yil
Foto: AdMe
SSSR va AQSh askarlari Berlinda g‘alabani nishonlamoqda. 1945-yil
Foto: AdMe
G‘alaba kuni Leningradda nishonlanmoqda. 1945-yil, may
Foto: AdMe
Baxtli askarlar poyezdda uylariga ketmoqda. Fransiya, 1945-yil 25-may
Foto: AdMe
Nyu-York aholisi Germaniyaning taslim bo‘lganini nishonlamoqda. Taym-skver, 1945-yil, 7-may
Foto: AdMe
Britaniyalik harbiy asirlar ozod qilinganidan so‘ng. 1945-yil 4-may
Foto: AdMe
Sovet soldatlari Reyxstag devoriga o‘z ismlarini yozmoqda. 1945-yil
Foto: AdMe
Sovet harbiy asirlari Eselxayde lageridan ozod qilinganidan keyin 9-diviziyadagi amerikalik askarni ko‘tarmoqda. Germaniya, 1945-yil
Foto: AdMe
Sovet va amerikalik askarlar Gribo yaqinidagi uchrashuvda qo‘shiq kuylamoqda. Germaniya, 1945-yil, may
Foto: AdMe
Reyxstagdagi qirg‘in ishtirokchisi Nikolay Mixaylovich Belyayev SSSR harbiylari qoldirgan yozuvlar fonida suratga tushdi. 2015-yil 10-mart
Izoh (0)