Ramazon oyida musulmonlar ro‘za tutib, kun davomida ovqatdan, ichimlikdan, nomaqbul ishlardan o‘zini tiyadi. Namoz o‘qiydi, diniy ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladi, sadaqa beradi.
Turkiya ahli ham boshqa musulmonlar kabi Ramazonni intiqlik bilan kutgan. 6-may tunida Turkiyadagi musulmonlar ilk saharlikka uyg‘ondi. Ko‘pgina turklar an’anaga ko‘ra, birinchi iftorlikni masjid yaqinidagi maydonlarda va masjidlarda jamoa bo‘lib qarshilaydi.
Turkiyada quyosh botib, og‘iz ochar mahalda ro‘zadorlar uchun tayyorlangan maxsus taomlar, shirinliklar, musiqiy festivallar va konsertlar boshlanib, shahardagilarga kayfiyat bag‘ishlaydi.
Izoh (0)