Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati Ishtixon tumanlararo sudining 2012-yil 15-iyundagi ijro hujjatiga asosan qarzdor G‘.Farmonovdan undiruvchi M.Farmonova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Ijro harakatlari davomida qarzdorning yashash manzilida va uning shaxsiy egaligida undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulklari mavjud emasligi aniqlandi.
Qarzdordan aliment pullari undiruvchiga 2017-yilning iyul oyiga qadar to‘liq undirib berilgan.
Biroq, keyinchalik qarzdor aliment pullarini to‘lamay qo‘ygan. Ijro harakatlari davomida qarzdor G‘.Farmonov bir necha marotaba rasmiy ravishda ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan 9 million 194 ming so‘m miqdoridagi aliment qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
Shu sababli, qarzdor G‘.Farmonovga nisbatan Qo‘shrabot tuman ma’muriy sudining qaroriga asosan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 474-moddasiga asosan 15 kunlik ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.
Izoh (0)