Kinolardagi hashamatli uylar va saroylar tashqi ko‘rinishi va mahobati bilan hammani lol qoldiradi. Ular turli xil materiallardan qurilgan bo‘lishi mumkin, shakli va joylashgan joyi bilan boshqalardan farq qilishi mumkin. Lekin e’tibordan chetda qolmaydi.
“Zulmat ostonasidagi muhabbat” (Sumerki/Twilight)
Vampirlarning mashhur uyiga Nike kompaniyasining direktori Jon Xouk egalik qiladi. Uch qavatli imoratning umumiy maydoni 4,3 ming kvadrat metr bo‘lib, Portlenddagi parkning narigi tomonida joylashgan.“Uyda yolg‘iz” (Home Alone)
Makkalisterlarning xonadoni Linkoln avenyuda joylashgan. 2012-yilda 1 585 000 dollarga sotilgan. Bugungi kunda ushbu uy sayyohlik attraksioni sifatida tanilgan.“Siettldagi bedorlar” (Sleepless in Seattle)
Siettldagi noodatiy suzuvchi uy Tom Xenks va Meg Rayan ishtirokidagi film ekranlarga chiqqach, mashhur bo‘lib ketgandi. 1978-yilda qurilgan uy hozirda sayyohlar uchun eng ko‘p tashrif buyuriladigan markazga aylangan.“Ma’yuslik” (Melancholia)
Lars fon Triyerning fantastik dramasida Shvetsiyaning Xalland provinsiyasida joylashgan hashamatli uy suratga olingan. U o‘n to‘qqizinchi asrning oxirida qurilgan, lekin filmda XVI asr ruhini yaratish uchun muvaffaqiyatli uslubda ishlangan.“Qo‘g‘irchoq” (The Boy)
Ota-onaning g‘aroyib muhabbati haqidagi filmning rejissori Vankuver orolidagi Britaniya Kolumbiyasida joylashgan gotik uslubdagi imoratni tanlagan.“Buyuk Getsbi” (The Great Gatsby)
1928-yilda qurilgan va zamonaviy “aqlli uy” tizimi bo‘yicha eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan “Oltin qirg‘oq” villasi Frensis Skott Fitsjeraldning romanini ekranlashtirishda asosiy suratga olish maydoniga aylangan.“Qora ritsar” (The Dark Knight)
Bugungi kunda neonuar elementlari bilan mashhur bo‘lgan superqahramonlar ishtirokidagi jangari film suratga olingan gotik uslubdagi eng kamida 30 million dollarga baholanadi va Buyuk Britaniyadagi Bakingemshir shahrida joylashgan.
Izoh (0)