“Aeroflot” aviakompaniyasi oxirgi sutkalar davomida Sheremetevo aeroporti orqali Sukhoi Superjet 100 samolyotlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 11 ta reysni bekor qildi yoki kechiktirdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
7-may kuni kechki payt Moskvadan Rigaga, 8-may kuni tongda esa Moskvadan Minskka reyslar kechiktirildi.
Shuningdek, 8-may kuni ertalab Rostov-Dondan Moskvaga, Moskvadan Perm, Nijniy Novgorod, Geteborg, Belgorod va va aksincha yo‘nalishlardagi reyslar bekor qilindi.
Aviakompaniya hozircha vaziyatga izoh bergani yo‘q.
Izoh (0)