7-may, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/2 finalining javob o‘yinida Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi “Enfild” stadionida Ernesto Valverde boshliq Kataloniyaning “Barselona” jamoasi bilan bahsga kirishdi.
Bellashuv davomida mersisaydliklarning ikki nafar futbolchisi Divok Origi (7, 79) hamda Jorjinyo Veynaldumning (54, 56) dubli “Liverpul”ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi (4:0). Shu tariqa Klopp jamoasi “Barselona”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, “qizillar” finalda “Ayaks”—“Tottenhem” uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
YChL
1/2 final bahsi
7-may, seshanba
“Liverpul”—“Barselona” 4:0 (0:3)
Gollar: 1:0 — 7 Origi, 2:0 — 54 Veynaldum, 3:0 — 56 Veynaldum, 4:0 — 79 Origi“Liverpul”: Alisson, Robertson (Veynaldum, 46), Matip, van Deyk, Aleksander-Arnold, Henderson, Fabinyo, Shaqiri, Milner, Mane, Origi (Jo Gomes)
“Barselona”: ter Shtegen, Alba, Langle, Serji Roberto, Pike, Koutinyo (Nelson Semedu, 60), Rakitich (Malkom, 80), Vidal (Artur, 75), Buskets, Suares, Messi
Ogohlantirishlar: Fabinyo (11), Buskets (45), Rakitich (53), Matip (66), Nelson Semedu (75)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)